Rossiya neft bazasidagi yong‘in nihoyat o‘chirildi

Rossiya neft bazasidagi yong‘in nihoyat o‘chirildi

18 iyun kuni uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan uyushtirilgan hujumdan so‘ng Azov portidagi neft bazasida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi, deb xabar berdi Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev o‘zining Telegram-kanalida.

«Soat 12:00 holatiga ko‘ra, Azovdagi neft bazasidagi yong‘in o‘chirildi», — deb yozadi u.

Mintaqaviy manbalar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan foto va video materiallardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in seshanba kuni har birining sig‘imi 5000 kub metr bo‘lgan oltita rezervuarga ega «Azovproduct» terminalida sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!