Rossiya yadroviy doktrinasi o‘zgarishi mumkin

Rossiya yadroviy doktrinasi o‘zgarishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat o‘zining yadroviy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida o‘ylayotganini ma’lum qildi, deya Euronews xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Putin ehtimoliy o‘zgartirishlar “G‘arbda yadro qurolidan foydalanish to‘siqlarini pasaytirish” bilan bog‘liqligini tushuntirib, G‘arb past quvvatli portlovchi yadroviy qurilmalarni ishlab chiqayotganiga aniqlik kiritgan.

Ma’lumki, G‘arbdagi ekspert doiralarida bunday qurollardan foydalanish mumkinligi haqida g‘oyalar mavjud va biz bunga e’tibor qaratishimiz kerak, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Putin, shuningdek, Rossiyaga profilaktik yadroviy zarba berish qobiliyati hali kerak emasligini ta’kidlagan. Ammo u javob zarbasi berilgan taqdirda, dushman yo‘q qilinishiga va’da bergan.

Rossiya rahbari, shuningdek, Shimoliy Koreyaga Rossiya qurollari yetkazib berilishini istisno qilmasligini, u bilan avvalroq strategik sheriklik va tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzilganini aytgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, KXDRdan Ukraina frontiga ko‘ngillilarni yuborish rejalashtirilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!