AQSh Senati Rossiyani terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritmoqchi

AQSh Senati Rossiyani terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritmoqchi

AQSh senatorlari Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi ikki partiyaviy qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Amerika qonunlariga ko‘ra, terrorizmga homiy davlatlar Kuba, Eron, Shimoliy Koreya va Suriya bo‘lib, AQSh hukumati ularni xalqaro terrorizm aktlarini qayta-qayta qo‘llab-quvvatlashda aybdor deb hisoblagan.

Men Rossiyani Amerika qonunchiligiga ko‘ra terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida belgilash to‘g‘risidagi qonunga ovoz berishni intiqlik bilan kutyapman. Bu Qo‘shma Shtatlarda Putinni vahshiy xatti-harakatlari uchun jazolash vositalarini sezilarli darajada oshiradi, — deydi respublikachi senator Lindsi Grem.

U Putin Rossiyasi terrorizmning homiysi hisoblanashini va buni AQSh qonunchiligida rasman tan olish vaqti kelganini ta’kidlagan.

Putinning asossiz bosqinchiligi son-sanoqsiz vahshiyliklar va insoniyatga qarshi jinoyatlar bilan davom etib, minglab begunoh tinch aholiga dahshat va o‘lim olib keldi. Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida belgilash AQShga yanada kuchliroq harakat qilish imkonini beradi, — deydi senatorlardan yana biri.

Bu amerikalik qonunchilarning Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olishga birinchi urinishi emas. Mazkur senatorlar 2022 yilda parlamentga xuddi shunday qonun loyihasini taqdim etishgan. Biroq prezident Jo Bayden Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olmaslikka qaror qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!