Zakotni hozir bersa bo‘ladimi?

Zakotni hozir bersa bo‘ladimi?

"Zakotda yil aylanishi omma ulamolar nazdida zakotni ado etishni joiz qiluvchi shartlardan emas". ("Badat’us-sanoi’ fi tartibish-sharoi’, Kosoniy, 2 jild, 486 bet). 

Ya’ni, mulk nisobga yetgandan keyin, yil o‘tishini kutmasdan zakotni chiqarsa bo‘ladi. Faqat yil to‘lgan paytda mulk nisobdan kam bo‘lmasligi kerak.

Tushuntiraman: masalan, siz 30 milliondan ortiq mablag‘ga yoki shuncha turadigan mulkka ega bo‘ldingiz. Bu sizning asliy hojatingizdan ortgan mulk. Ana shu mulkka ega bo‘lgan kuningizdan qamariy hisobda bir yil o‘tsa va mulk nisobidan kamaymagan bo‘lsa, uning zakotini (750 ming so‘m) chiqarish siz uchun farz bo‘ladi. Ko‘paygan bo‘lsa, ko‘paygan ko‘rinishidan zakot berasiz. Yuqoridagi masalada, ana shu bir yil o‘tmasdan oldin ham zakotingizni berishingiz mumkinligi aytilmoqda. 

Demak, sinovlar tufayli qiynalgan oilalar ko‘paygan shu kunlarda, Ramazon oyini kutmasdan zakotlarni berish mumkin. Bu bilan shariatning maqsadi bo‘lgan - kambag‘allar qiynalib qolishining oldi olingan bo‘ladi.

Mubashshir Ahmad


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!