Zafarobodda kredit qarzdorlik evaziga «Saptiva» xatlandi

Zafarobodda kredit qarzdorlik evaziga «Saptiva» xatlandi

Davlatimiz rahbari tomonidan 24.11.2020 yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6118-sonli Farmoni imzolandi.

Unga ko‘ra, fuqarolar va tadbirkorlar huquq hamda qonuniy manfaatlarining ishonchli himoyasini ta’minlash, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish, aholining odil sudlovga ishonchini yanada mustahkamlash borasida Byuro organlariga bir qator vazifalar belgilab berildi.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Byuroning Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 03.12.2020 yildagi qarzdor "Zadarobod markazi" fermer xo‘jaligidan ATB “AGRO BANK” Zafarobod filiali foydasiga 262.530.000 so‘m kredit qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan garovga qo‘yilgan “CAPTIVA” rusumli avtotransport vositasi qarzdorlik evaziga xatlanib, saqlash uchun jarima maydonchasiga olib kelindi. 

Hozirda ushbu avtotransport vositasini belgilangan muddatlarda baholatish hamda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!