“Yo‘qolsin Amerika qo‘shinlari!”

“Yo‘qolsin Amerika qo‘shinlari!”

Bag‘dodda AQSh qo‘shinlarining Iroqda bo‘lishiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi. 

“Sadr” harakati yetakchisi Muqtado as-Sadrning tashabbusi bilan o‘tkazilgan namoyishda Amerika qo‘shinlarini Iroqdan chiqarib yuborish talab qilindi.

Bag‘dodning Jadiriya mavzesidagi namoyishda yuz minglab kishi, xususan, “Hashdi Shaabi” shia bo‘linmasining tarafdorlari qatnashdi. 

Poytaxtda xavfsizlik choralari kuchaytirildi, Jadiriya mavzesiga olib boradigan yo‘llab to‘sib qo‘yildi. 

Avvalroq Iroq parlamenti xorijiy davlatlar qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan edi. Biroq AQSh bu borada shoshilgani yo‘q. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!