Yunusoboddagi yirik yong‘inning tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Yunusoboddagi yirik yong‘inning tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Avvalroq, bugun Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi sintefon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, yong‘inni o‘chirish uchun 15 ta asosiy va 8 ta yordamchi maxsus texnikadan foydalanilgan. Yong‘in 12:49 da to‘la bartaraf etilgan.

Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonning buzilishi yong‘inga sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Olov 2800 kvadrat metr maydonga yoyilgan.Voqeada hech kim halok bo‘lmagan. Faqatgina bir ishchi yong‘inni o‘chirishga urinib, kuyish jarohatini olgan.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!