Yuk poyezdi 58 yoshli fuqaroni urib yubordi

Yuk poyezdi 58 yoshli fuqaroni urib yubordi

Yakkatut-Murg‘ak bekatlari oralig‘ida harakatlantirib ketayotgan poyezd temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi.

Kecha, 5 dekabr kuni soat 04:55 larda elektrovoz mashinisti, 32 yoshli R.T. boshqaruvidagi 3041-sonli yuk poyezdini Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli Yakkatut-Murg‘ak bekatlari oralig‘idagi 4012-kilometrning 1-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 58 yoshli G.X.ni urib yuborganligi oqibatida G.X. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti fuqarolardan temir yo‘l yaqinida harakatlanayotganda yoki yo‘lni kesib o‘tayotganda belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!