Yoshlar tarbiyasiga oid jurnal tashkil etiladi

Yoshlar tarbiyasiga oid jurnal tashkil etiladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqida tuzilgan Maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda san’at, fan, madaniyat, ishlab chiqarish, sport sohalarida uzoq yillar faoliyat yuritgan tajribali faxriylar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi. 
 
Kengash kun tartibida qator masalalar, to‘rt oylik ish rejasi muhokama qilindi va tasdiqlandi. Shundan so‘ng Maslahat kengashi qoshida faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan yoshlar tarbiyasiga xizmat qiladigan jurnalni tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqildi. 
 
Maslahat kengashi jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni, ijtimoiy va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashda Yoshlar ittifoqiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
Kengash tomonidan yoshlarni salbiy illatlardan himoya qilish maqsadida ular bilan “Kecha va bugun”, “Oltin olma – duo ol!”, “Yaxshi farzand ota-onasini to‘rga chiqaradi...”, “Mahallangni faxri bo‘l!” kabi turkum mavzularda mehnat faxriylari va yoshi ulug‘ nuroniylar bilan davra suhbatlari tashkil qilinadi. Yoshlar tarbiyasining bugungi dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishda mahallalardagi yoshi ulug‘ nuroniylar ko‘magidan foydalanishning eng maqbul usullari yuzasidan yo‘riqnoma ishlab chiqiladi.
 
Qolaversa, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarni nosog‘lom oilaviy muhit tufayli qayta adashib qolmasligini oldini olish maqsadida mahalliy Kengashlar qoshidagi Maslahat kengashi a’zolari profilaktik ro‘yxatda turgan yoshlarga mas’ul etib biriktiriladi. Yoshlarni kitobxonlikka qaytarishning an’anaviy va zamonaviy usullarini ishlab chiqish ham kengashning muhim rejalaridan.
 
Bu kabi rejalar amaliyotida yangi jurnal faoliyati kengash ishiga yaqin ko‘makchi bo‘ladi. 

Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!