"Yon qo‘shni – jon qo‘shni"mi?

A A A
"Yon qo‘shni – jon qo‘shni"mi?

"Hovli olma, qo‘shni ol", "Gilam sotsang, qo‘shningga sot, bir chetida o‘zing o‘tirasan", "Uzoqdagi qarindoshdan yoningdagi qo‘shni afzal", degan naqllar bor. Jamiyat paydo bo‘libdiki, odamlar qo‘ni-qo‘shni bo‘lib, umrguzaronlik qilishadi.

Yaxshi-yomon kunlarida hamdamu hamdard bo‘lib, yonlarida turishadi. Afsuski, ular qatorida ana shu ezgu qadriyatlarga dog‘ tushirayotgan ayrim qo‘shnilar ham uchraydi.

Ushbu mulohazamizga o‘zimiz guvoh bo‘gan ikki voqea asos bo‘ldi. Xulosa esa sizdan, aziz mushtariy!

Birinchi voqea

Tojining na tayinli hunari, na kasb-kori bor. Doimo hayotdan nolib, tajang bo‘lib yuradi. Mahallada "tajang" deb laqab orttirgani boisi ham shundan. Shodmonqul bilan devor-darmiyon qo‘shni. Yer uchastka olib, hovli-joy qilib, ko‘chib chiqqanlariga yigirma yildan oshyapti. Shu orada Shodmonqul dang‘illama uy qurib, bir parcha tomorqasini jannatga aylantirdi. Toji tajangda esa amal-taqal qilib qurilgan kulbai vayrona, burgan bosgan tomorqadan boshqa hech vaqo yo‘q. Shodmonqulga o‘xshab ter to‘kib mehnat qilishga bo‘yni yor bermaydi. Shodmonqul qo‘li gul usta, ostida yengil mashina. Hamma usta deb hurmat qiladi. Toji tajang esa bitta mixni ham eplab qoqolmaydi, mashina tugul velosipedi ham yo‘q. Na to‘yda, na azada o‘rni bor.

Shodmonqulga hasad qilib, ichini it tirnashi shundan. Uning g‘ashiga tegib, asabini o‘ynatishga harchand urinmasin, uddasidan chiqolmaydi. Fisqu fasod, g‘iybat, ig‘vo-yu tuhmatlariga qaramay, Shodmonqul bosiqlik bilan, "Uzr qo‘shni, ayb bizdan o‘tibdi", deb ketaveradi. Bundan tajang hasad o‘tida battar kuyadi. Kuyaverib, hali qirqdan oshmasdan, uyqusizlik, asabiylik, yurak o‘ynog‘i, qon bosimi oshishi kasalliklarini orttirib oldi.

Bugun kechqurun allaqayerdan qaytsa, Shodmonqul darvozasi oldiga bir mashina shag‘al to‘kibdi. Bir qismi yarim metrlar chamasi uning darvozasi tomonga tushibdi. Tajangning miyasiga qon tepdi, tepa sochi tikka bo‘lib ketdi: "Ana, bir janjallashib, xumordan chiqishga bahona topildi".

– Bu nima? – Tajang g‘azabini sochib, qo‘shnisining ustiga bostirib bordi. – Nega darvozaning oldiga tosh to‘kib, yo‘limni to‘sding.

– O‘zingizni bosing, qo‘shni, yo‘lingizni to‘sgani yo‘q, sal og‘ibdi-da. Bemalol kirib chiqsangiz bo‘ladi, – dedi Shodmonqul muloyimlik bilan. – Ertaga ustalar tashib olishadi.

– Yo‘q, hozir olasan, – dedi tajang battar qaysarlik bilan. – Tandirxonangning tutuni hovlimga o‘tyapti, chidayapman. Qo‘ylaring ma’rab, tovuqlaring qoqog‘lab, tinchimni buzyapti, indamay kelyapman. Endi bo‘ldi, sabr-toqatim tugadi. Buni o‘z holicha qo‘ymayman.

Shodmonqul tajang bilan teng bo‘lishni o‘ziga ep ko‘rmadi, murosaga o‘tdi.

– Uzr, qo‘shni, ayb bizdan o‘tibdi, hozir toshni olamiz.

– Albatta, olasan, – tajang Shodmonqul qo‘rqdi, deb o‘ylab, atrofga g‘olibona boqdi. – Olmay ham ko‘r-chi, nima qilar ekanman.

Uning keyingi so‘zlari Shodmonqulning qulog‘iga kirmadi. Ko‘ngli xufton bo‘lib, belkurak olib chiqish uchun hovlisiga kirib ketdi.

Ikkinchi voqea

Botir aka bilan Zokir aka qirq yillik qo‘shni. Ahil-inoqliklariga hammaning havasi keladi. Botir aka ayvonda televizor ko‘rib o‘tirgandi, Zokir aka kirib keldi.

– Assalomu alaykum, qo‘shni, mumkinmi?

Botir aka chaqqon o‘rnidan turib, qo‘shniga peshvoz chiqdi.

– Va alaykum assalom, qo‘shni! Xush kelibsiz. Qani, qani, to‘rga marhamat!

Zokir aka ko‘rpachaga joylashib o‘tirgach, duoga qo‘l ochdi.

– Omin, tinchlik-xotirjamlikni bersin!

– Hov, kim bor? Choy damlab kelinglar. – Botir aka ichkariga ovoz berdi.

– Bolalarni tashvishga qo‘ymang qo‘shni, – dedi Zokir aka. – Choy ichmay yurgan joyimizmi, bir zum maslahat bilan huzuringizga chiqqandim.

– Xo‘sh, xo‘sh? – Botir aka sergaklandi.

– Hovlimizning to‘rida molxona, bostirmalarni buzib, yangi imorat soladigan bo‘p qoldik, – dedi Zokir aka Botir akaga sinovchan qarab. – O‘ylab qarasak, sizning tutash molxonangizni va o‘rta devorni buzmasak bo‘lmas ekan, albatta, keyin tiklab beramiz. Shunga oldingizdan bir o‘tay deb chiquvdim, qo‘shni. Mana, necha yildan buyon qiyomatlik qo‘shnimiz. "Siz" tilimiz "sen"ga borgani yo‘q.

– Zap o‘ylabsiz-da, Zokirboy, buyog‘idan tashvish tortmang. Bu dunyo g‘animat, bir parcha yer kimlardan qolmagan, deysiz, bir-ikki qarich nari-beriga o‘tsa, o‘tibdi-da. O‘rtadan mehr-oqibat ko‘tarilmasin. Siz bemalol imoratni boshlayvering, bizning molxonani tashvishini qilmang, devori zaxlab, nuray deb turibdi, o‘rta devorga putur yetgan. Buni qarang, ularni buzib, men ham imorat solsammi, qo‘shni nima der ekan, deb xayol qilib edim. Hademay kenjatoyimiz uylanadigan bo‘p qoladi. Niyatimiz xolisligini qarang, qo‘shni.

– Rahmat, Botir aka, yelkamdan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi, endi men boray, qani, omin! Zokir aka Botir akaday qo‘shnisi borligidan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilib, o‘rnidan turdi.

Tog‘aymurod SHOMURODOV

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.