Braziliyalik himoyachi Tyago Silva yozda "Chelsi"ni tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda futbolchi videomurojaat yo‘lladi.
"Chelsi" men uchun ko‘p narsani anglatadi. Bu yerda bir yil qolish uchun kelgandim, ammo 4 yildan beri shu yerdaman. Faqat o‘zim uchun emas, oilam uchun ham shu qarorga keldim.
Farzandlarim ham "Chelsi" libosida to‘p tepishmoqda va bu men uchun klubning bir bo‘lagi sifatida faxr tuyg‘usini beradi. Umid qilamanki, o‘g‘illarim faoliyatlari davomida bu klubda ko‘plab sovrinlarga ega chiqa olishadi.
To‘rt yil davomida men qilishim mumkin bo‘lgan barcha ishni qildim, jamoam uchun borimni berdim. Shunga qaramay, hamma narsaning boshlanishi, davom etishi bo‘lgani kabi yakuni ham bo‘ladi. Shu bilan hammasi tugadi, demagan bo‘lardim. "Aristokratlar" eshigidan boshqa vazifa egasi sifatida kirib kelishim ham mumkin", - dedi afsonaviy himoyachi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
"Биз фуқаролик тўғрисидаги қонунни яна ўзгартирамиз: 3 йиллик ‘турбо-фуқароликъ энди бўлмайди. Янги тартиб бўйича фақат 5 йил яшагандан сўнг фуқаролик берилади," – деди сиёсатчи.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси ходимлари мамлакатдаги вазиятни беқарорлаштириш мақсадида оммавий тартибсизликлар тайёрлашга уринишни тўхтатди.
Ғарбий Болқон яқин келажакда харитадаги янги можаролар марказига айланиши мумкин. Кремль раҳбари Владимир Путин бу ҳудуддан ўз манфаатлари йўлида "ўйин майдони" сифатида фойдаланиши эҳтимоли бор.