Yog‘ochlar ostida: bojxonachilar 4,2 mlrd. so‘mlik «Herbalife» va pirotexnika vositalarini fosh etishdi

Yog‘ochlar ostida: bojxonachilar 4,2 mlrd. so‘mlik «Herbalife» va pirotexnika vositalarini fosh etishdi

Bojxonachilar yog‘ochlar ostiga yashirilgan 100 mingdan ortiq pirotexnika vositalari va 5613 dona Herbalife bioaktiv qo‘shimchalarni fosh etishdi.

Davlat bojxona qo‘mitasining kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari hamda Buxoro viloyati bojxonachilari tomonidan katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.

DBQ matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi Juizar MCHJ nomiga import tartibida olib kelingan yog‘och mahsulotlari bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Natijada vagonlar ostki qismiga yashirilgan umumiy qiymati 4 milliard 220 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 19 turdagi 102 ming 118 dona pirotexnika vositalari hamda 56 turdagi 5613 dona Herbalife nomli sifati kafolatlanmagan bioaktiv qo‘shimchalar borligi fosh etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar bermoqda DBQ matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!