Yil boshidan buyon 30ga yaqin to‘y kortejlariga chora ko‘rilgan

Yil boshidan buyon 30ga yaqin to‘y kortejlariga chora ko‘rilgan

Joriy yil boshidan buyon 6 oy ichida 396 554 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, ulardan 97 174 tasi qo‘pol qoidabuzarliklardir. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bergan hisobotda qayd qilingan.

Qayd qilinishicha, 43 496 ta yo‘lovchi tashish qoidalarini buzish, 4462 ta holatda haydovchilarning avtomobil boshqaruvida uyali telefondan foydalanishi, 23 163 ta holatda tezlikni me’yordan oshirish, 3 040 ta avtomobilni mast holatda boshqarish vaziyatlari, 9 070 ta to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish holatlari kuzatilgan. 6 701 ta holatda esa tegishli hujjatlarsiz avtomobilni boshqarayotgan haydovchilar jarimaga tortilgan.

Avtomobillarning harakatlanishiga xalaqit qilayotgan to‘y kortejlari ham YPX xodimlari tomonidan jarimaga tortilmoqda. Yil boshidan buyon yo‘l patrul xodimlari tomonidan 30ga yaqin to‘y kortejlariga chora ko‘rilgan.

"Xalq so‘zi"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!