Yana bo‘lmadi: Samsung Galaxy Fold uchun olingan buyurtmalarni bekor qilishmoqda

Yana bo‘lmadi: Samsung Galaxy Fold uchun olingan buyurtmalarni bekor qilishmoqda

Janubiy koreyalik gigant inqilobiy gadjeti – Galaxy Fold displeyidagi nosozlik tufayli xatosini tan olib, uzr so‘rashga majbur bo‘lgandi. Keyin kompaniya sotuvga qo‘yilgan barcha buklama smartfonlarini qaytarib olgan, yaqinda esa qayta savdoga chiqarishi aytilgan edi.

Garchi Samsung shu oyda Galaxy Fold’larini qayta taqdim etib, iyulda yana sota boshlashi haqida xabarlar ko‘paygan bo‘lsa-da, aslida vaziyat chatoqroq, shekilli. Avvalroq yirik Best Buy do‘konlar tarmog‘i ushbu smartfon uchun avvaldan olingan buyurtmalarni bekor qilgan edi. Endi esa AT&T uyali aloqa operatori ham shunday yo‘l tutayotgani ma’lum bo‘ldi.

Oldindan buyurtma rasmiylashtirgan mijozlariga AT&T kompaniyasi xat jo‘natmoqda: unda Samsung mazkur innovasion qurilmasining chiqarilishini juda cho‘zib yuborgani tushuntirilgan. Natijada bu masalaning eng maqbul yechimi – kompensasiya to‘lab berish bo‘layotir, deb hisoblaydi operator.

Shunday qilib, avvaldan buyurtma rasmiylashtirgan mijozlariga AT&T qo‘shimcha bonus sifatida 100 dollarlik chegirma kartalari ham taqdim etayotir. Samsung Galaxy Fold uchun to‘langan pullar 60 kun ichida qaytariladi, chegirma kartalari esa AT&T mijozining to‘lov hisobiga o‘tkazib beriladi.

Manba: terabayt. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!