"Yamanlik bolalarning o‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymang!": BMTning xalqaro hamjamiyatga umid bilan qilgan murojaati

"Yamanlik bolalarning o‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymang!": BMTning xalqaro hamjamiyatga umid bilan qilgan murojaati

"Kichkinagina norasida go‘dak bolalarda mador qolmagan, ular ochlikdan juda zaiflashib qolib, zo‘rg‘a nafas olishadi". Jahon oziq-ovqat dasturining (JOD) rahbari Devid Bisli Yamanda ko‘rganlarini manashunday tasvirlaydi. Port shahri Xudaydadagi janglar shundoq ham murakkab vaziyatni battar murakkablashtirib, oziq-ovqat va zarur narsalarni import qilishni cheklab qo‘ydi- deya xabar beradi BMT Yangiliklari.

Yaman dunyodagi eng jiddiy gumanitar inqirozni boshidan kechirmoqda. U yerning ko‘plab aholisi ocharchilik yoqasiga kelib qolgan. Mamlakatning poytaxti Sanoda Jahon oziq-ovqat dasturi xodimlari favqulodda madorsiz bo‘lib qolganlarga yordam ko‘rsatish markazlarini ochishdi. Odamlarga oziq-ovqat qo‘shimchalari tarqatilmoqda, eng zaiflari esa darhol shifoxonalarga yuborilmoqda. Mahalliy kasalxonaning bolalar shifoxonasi rahbari Naglaa Elsonboli: "Odamlar o‘z farzandlarini boqish uchun hech qanday narsaga ega emaslar. "Pul yo‘qligi uchun sut yo‘q, ular guruch qaynatmoqdalar va chaqaloqni shu suyuqlik bilan boqmoqdalar".

Ba’zi hollarda hatto eng intensiv da’volanish ham yordam berayotni yo‘q. Hojar Solih to‘rt oylik, u 2 kilogramm og‘irlikda. Saaddagi shifoxonada uni qutqarishga harakat qilishdi, lekin bolaning ahvoli faqat yomonlashib bordi - yordam juda kech keldi. Xojar xalqaro yordamni oladigan poytaxtdagi klinikaga olib ketildi, ammo shifokorlar bu qizni qutqarib qolishga amin emaslar.

Hozirgi kunda JOD, Yamanning 8 million aholisiga yordam bermoqda va operasiyalarni kengaytirishga tayyorlanmoqda: endilikda 12 million kishi oziq-ovqatga muhtoj. Do‘kon va bozorlar hali ham ochiq bo‘lgan joylarda odamlar oziq-ovqat vaucherlarini olishmoqda, bu esa mahalliy biznesni qo‘llab-quvvatlashda ham yordam beradi. Har oyda o‘rtacha oila JOD vaucherlariga 50 kg un, 5 kg don-dun mahsulotlari va 4 litr moy sotib olishlari mumkin.

Ushbu mahsulotlar hali Yamanga olib kirilishi kerak, bu yerda deyarli hech narsa ishlab chiqarilmaydi. Va barcha yuklarning 70 foizini qaubl qilib oladigan Xudayda port shahri qamal holatida. Qolgan tinch fuqarolar yonilg‘i va oziq-ovqat olish uchun otishmalar va havo hujumlari to‘xtashini kutishadi. Hamma joyda tekshiruv nuqtalari va qurolli kishilar, shaharning o‘zi yoki aksincha, bu yerda shaharning o‘zi qolmagan – faqat xarobalardir.

Portdagi hayot deyarli to‘xtagan- aksariyat uskunalar buzulgan. "Agar biz ushbu portdan foydalana olmasak, odamlar ochlikdan o‘lib ketishadi. Hozir biz 12 million odamga yordam berishmiz kerak. Shu yerda turib men, Xudaydadagi portni himoya qilish uchun xalqaro hamjamiyatga umid chaqirig‘i bilan murojaat qilmoqdaman", deydi Xudaydaga tashrif buyurgan Devid Bisli.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!