Yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida ma’lumot berildi

Yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida ma’lumot berildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023 yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ga o‘sdi.

Sanoat tarmog‘ining o‘sishi 6,5 % ni tashkil etdi va YAIM o‘sishiga ijobiy hissasi 1,8 f.p.ni tashkil etdi.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sishi 3,6 % ni tashkil etdi va YAIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,4 f.p.ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmining o‘sishi 6,8 % ni tashkil etdi. Qurilish tarmog‘ining YAIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,4 f.p.ni tashkil etdi.

Xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘sish sur’ati 6,8 % ni tashkil etdi. Shundan savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 10,2 % ga, tashish va saqlash, axborot va aloqa 10,4 % ga hamda boshqa xizmat sohalari 5,1 % ga o‘sdi. Xizmatlar ko‘rsatish sohasining YAIM o‘sishiga ijobiy hissasi 3,4 f.p.ni tashkil qildi.

Mahsulotlarga sof soliqlar hajmi 3,6 % ga o‘sdi va uning YAIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,2 f.p.ni tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!