Irlandiya va Ispaniya 21 may kuni Falastin davlatini tan olishi mumkin

Irlandiya va Ispaniya 21 may kuni Falastin davlatini tan olishi mumkin

Irlandiya va Ispaniya 21 may kuni Falastin davlatini tan olishi mumkin.

«Report» «Reuters»ga tayanib, Irlandiya, Ispaniya va Yevropa Ittifoqiga a’zo boshqa qator davlatlar 21 may kuni Falastin davlatini tan olish masalasini ko‘rib chiqadi, deb xabar bermoqda.

Ma’lumotlarda aytilishicha, mamlakatlar 10 may kuni BMT Bosh Assambleyasida falastinliklarning BMTning to‘la huquqli a’zosi sifatida tan olinishi uchun asos bo‘ladigan ovoz berishni kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1988 yildan beri BMTga a’zo 193 ta davlatdan 139 tasi Falastinni davlat sifatida tan olgan.

22 mart kuni e’lon qilingan qo‘shma bayonotda Ispaniya, Irlandiya, Malta va Sloveniya Falastin davlatini tan olish yo‘lida ilk qadamlarni tashlashga kelishib olgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!