Putin Belarus bilan yadroviy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e’lon qildi

Putin Belarus bilan yadroviy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e’lon qildi

Yadro mashg‘ulotlarining ikkinchi bosqichida Belarus Rossiyaga qo‘shiladi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Hammasi bo‘lib, unga ko‘ra, uchta bosqich bo‘ladi.

6 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Bosh shtab Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘iga ko‘ra yaqin kelajakda Janubiy harbiy okrug raketa tuzilmalari va Harbiy-dengiz floti qo‘shinlarining o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lum qildi: ular «strategik bo‘lmagan yadroviy qurollardan foydalanish masalalarini» ishlab chiqishni rejalashtirmoqda (uni taktik deb ham atashadi).

Ertasi kuni Belarus Mudofaa vazirligi mamlakat qurolli kuchlarida taktik yadroviy qurol tashuvchilarni «to‘satdan tekshirish» boshlanganini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!