XVJ ekspertlari 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan soliq islohoti bo‘yicha tavsiyalarini taqdim etdi

XVJ ekspertlari 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan soliq islohoti bo‘yicha tavsiyalarini taqdim etdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda XVJing Fiskal masalalar departamenti soliq siyosati bo‘yicha katta iqtisodchisi Girten Mishels boshchiligidagi 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan soliq islohotini rejalashtirish bo‘yicha XVJ missiyasi ekspertlari taqdimot o‘tkazishdi.

Mazkur missiya doirasida XVJ ekspertlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliq tizimini o‘rganishdi va uning natijalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i, daromad solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va aksiz solig‘i bo‘yicha soliq siyosatini takomillashtirishga oid tavsiyalarni taqdim etishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu sohadagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!