XTV “Direktorsiz qolgan maktabda isitish tizimi ham ishlamayapti” xabariga munosabat bildirdi

XTV “Direktorsiz qolgan maktabda isitish tizimi ham ishlamayapti” xabariga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Direktorsiz qolgan maktabda isitish tizimi ham ishlamayapti” sarlavhasi bilan xabarlar tarqatildi. Navoiy viloyati, Xatirchi tumani xalq ta’limi bo‘limi Xatirchi tumanidagi 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Bugungi kunda tumandagi 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabida direktorlik lavozimi vakant bo‘lib, ushbu lavozim maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Vahobjon To‘raqulovga yuklatilgan. Maktab direktori lavozimiga nomzodlar shakllantirilmoqda.
Tumandagi 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1980 yil qurilgan va 2019 yil “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida mukammal ta’mirlangan. Mavsum uchun maktabga jami 50,8 tonna, shundan 23,7 tonna ko‘mir hamda 27,1 tonna ko‘mir briket yoqilg‘ilari yetkazib berilgan.
Maktab o‘quv binolarini isitish uchun 2 dona MTB-100 rusumli isitish qozoni o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu isitish qozonlari ko‘mir yoqilg‘isi bilan ishlaydi. Maktabning isitish tizimi va isitish qozonlari ishchi holatda.
Maktabning isitish tizimi bugungi kunda to‘liq ishchi holatda bo‘lib, isitish qozonlari uchun ko‘mir yoqilg‘isi yetarlicha yetkazib berilgan. Isitish tizimi va isitish qozonlarida hech qanday muammolar mavjud emas. Ijtimoiy tarmoq orqali ko‘rsatilgan vajlar umuman asossiz ekanligi aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!