Xorvatiya ham Shvesiya va Finlyandiyani NATOga kirishiga qarshilik qilmoqchi

Xorvatiya ham Shvesiya va Finlyandiyani NATOga kirishiga qarshilik qilmoqchi

Xorvatiya Prezidenti Zoran Milanovich Turkiyadan keyin Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun arizalarini ko‘rib chiqish jarayoniga to‘sqinlik qilish istagini bildirdi. Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.

Ayni paytda agentlik Milanovich Bosh vazir Andrey Plenkovich bilan ham shu masala bo‘yicha ham, boshqa qator masalalar bo‘yicha ham “qattiq tortishuv holati”da ekanini ta’kidlaydi.

Milanovich, xususan, Xorvatiya hukumati Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga a’zoligi masalasini ko‘rib chiqishdan oldin, Bosniya va Gersegovina bilan bog‘liq muammoni hal qilishi kerak, deb hisoblaydi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Zagreb bosniyalik xorvatlarga mamlakat boshqaruvida yuqori lavozimlarni egallashiga ko‘proq imkoniyat berish uchun mamlakatda qonunchilikni o‘zgartirishga majbur qilishi kerak.

Bosniya va Gersegovina federal davlat bo‘lib, unga Bosniya va Gersegovina Federasiyasi (shuningdek Musulmon-Xorvat federasiyasi deb ham ataladi) va Serb Respublikasi kiradi. Mamlakat rahbariyati asosiy diniy va etnik guruhlarning uchta vakili - bosniyalik musulmonlar, katolik xorvatlar va pravoslav serblardan iborat prezidium tomonidan ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!