Xorazmda antiqa firibgar qo‘lga olindi

Xorazmda antiqa firibgar qo‘lga olindi

Xorazm viloyati bojxonachilari tomonidan antiqa firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Urganch shahrida yashovchi B.Ya giyohvandlik vositalari niqobi ostida bir dona gugurt qutida maydalangan isiriq o‘simligini O.R.ga 700 000 so‘mga sotayotgan paytda ushlandi.

Xorazm viloyati IIB ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, B.Yadan ashyoviy dalil sifatida olingan bir dona gugurt qutiga solingan jami og‘irligi 2,73 gramm bo‘lgan sarg‘imtir rangli o‘simlik maydalari giyohvand vositalar turkumiga kirmaydi.

Firibgarlik ortidan daromad orttirmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan JKning 168–moddasi 1–qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!