Xoland Nike'ning mijoziga aylandi

Xoland Nike'ning mijoziga aylandi

Norvegiya va «Manchester Siti» klubi yulduzi Erling Xoland Nike bilan homiylik shartnomasini imzoladi, deb xabar beradi Daily Mail. Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmagan.

Qayd etilishicha, 22 yoshli futbolchiga Adidas va Puma kompaniyalari ham qiziqish bildirgan, biroq tanlov amerikalik sport anjomlari ishlab chiqaruvchisi foydasiga qilingan.

Skandinaviyalik to‘purar o‘tgan yozdan beri «Manchester Siti»da to‘p tepmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Xoland Premyer-liganing joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 28 ta gol bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!