Xiva – Islom hamkorlik tashkilotining turizm shahri

Xiva – Islom hamkorlik tashkilotining turizm shahri

2022 yil Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XI sessiyasida ikki yarim ming yillik tarixga ega qadimiy Xiva shahri 2024 yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan, Xiva shahri tez kunlarda butun Islom olamining diqqat-e’tiborini o‘zida jamlaydi. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan navbatdagi nufuzli tadbirlar doirasida IHTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o‘tkaziladi. Sessiya davomida IHTga a’zo mamlakatlarning turizm salohiyati taqdimotlari o‘tkaziladi, amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilinadi, istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlash lozimki, Xiva shahriga Islom olamining turistik poytaxti maqomini berish shaharni xalqaro turizm bozoridagi eng yaxshi sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish imkoniyatini beradi. YUNESKO mutaxassislari hatto Xivani qadimgi Afina, Rim va Qohira bilan solishtirishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!