Buyuk Britaniya Netanyaxuni hibsga olish orderiga e’tirozini qaytarib oldi

Buyuk Britaniya Netanyaxuni hibsga olish orderiga e’tirozini qaytarib oldi

Mamlakat matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya bosh vazirligi matbuot kotibi Starmer boshchiligidagi yangi hukumat avvalgi hukumatning Benyamin Netanyaxuni hibsga olish orderi chiqarilishi yuzasidan Xalqaro jinoiy sudga bergan murojaatiga amal qilmasligini aytdi.

Hukumat qarori Netanyaxuga qarshi XJS ishiga e’tiroz yoki ma’qullash emasligini ta’kidlagan matbuot kotibi: «Hukumat qonun ustuvorligi va hokimiyatlar bo‘linishiga qat’iy ishonadi» dedi.

Uning ta’kidlashicha, sud mustaqil qaror qabul qilishi kerak.

May oyida bu masala bo‘yicha bergan bayonotida Starmer shunday dedi: "Sud vaqti kelganda qaror qabul qila olishi kerak. Men sud va xalqaro huquqni qo‘llab-quvvatlayman”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!