Xitoylik erkak o‘g‘lini sotib, puliga yangi xotini bilan sayohatga chiqdi

Xitoylik erkak o‘g‘lini sotib, puliga yangi xotini bilan sayohatga chiqdi

Se familiyali xitoylik erkak ikki yoshli o‘g‘lini sotib, yangi rafiqasi bilan sayohatga ketdi, deb yozadi "Izvestiya".

Ajrashganidan keyin bolani vasiylikka olgan erkak yangi rafiqasi bilan doimiy ravishda janjallashgan. O‘z hayotini yengillashtirish uchun Se o‘g‘lidan qutulishga qaror qildi. U bolasini befarzand juftlikka 158000 yuanga (24.400 AQSh dollari) sotib, rafiqasi bilan mamlakat bo‘ylab sayohatga borgan.

Sening oilasi bola yo‘qolganini payqab, polisiyaga murojaat qildi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bolaning otasini Xitoyning Chjeszyan viloyatida hibsga olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!