Sapropel o‘g‘itlari qayerda uchraydi?

Sapropel o‘g‘itlari qayerda uchraydi?

ℹ️ Sapropel – hovuz, ko‘l va daryo suvlarining organik moddaga boy cho‘kindisi. Havza tubiga yilning yoz faslida organik moddaga, qishda esa mineral moddaga boy loyqa cho‘kadi.

🔄 Shu boisdan sapropel tarkibidagi organik modda miqdori 12 dan 80% gacha, rangi sarg‘ishdan qoragacha o‘zgarib turadi.

📄Sapropelning organik massasi tarkibida 11-43% gumin, 2-24% fulvokislotalar, 5-23% gidrolizlanmaydigan qoldiq, 10-53% gemi-sellyuloza, 0,5-6% sellyuloza, 6-17% bitim va 2-14% erimaydigan moddalar bo‘ladi.

❗️Tarkibidagi azotning asosiy qismi qiyin o‘zlashtiriladigan shaklda bo‘lib, o‘simliklarga layoqatli fosfor kam, kaliy esa juda ham kamdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!