Xitoy o‘z harbiy qudrati bilan butun dunyoga xavf tug‘dirmoqdami?

Xitoy o‘z harbiy qudrati bilan butun dunyoga xavf tug‘dirmoqdami?

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z harbiy qudratini jahonda hammadan tezroq oshirayotgan Xitoy "qaysidir ma’noda" dunyoga tahdid ekanligi haqida bayonot qildi.

Xitoy qaysidir ma’noda butun dunyoga tahdid ekani aniq, nega deganda u o‘z harbiy qudratini dunyoda hammadan tezroq oshirmoqda, to‘g‘risini aytganda, bu ishni u amerika pullari evaziga amalga oshirmoqda", - dedi AQSh prezidenti Avstraliya bosh vaziri bilan bo‘ladigan muzokaralar oldidan AQSh XXRni strategik raqib, deb hisoblaydimi deya savol bergan jurnalistlarga javoban.

Tramp ikki davlat o‘rtasidagi turli adolatsiz iqtisodiy va savodo munosabatlarini nazarda tutayotganini tushuntirdi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida Tramp so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Pekin savdo bo‘yicha "bitim tuzishga juda yaqinlashgan".

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning savdo bo‘yicha Vashington bilan bitim tuzishdan o‘zga chorasi yo‘q, deb hisoblaydi. Uning ta’kidiga ko‘ra, xitoy iqtisodiyoti katta yo‘qotishlarni boshdan kechirayotgani bois Pekin tezroq bitim haqida kelishib olishni xohlayapti. Amerika iqtisodiyoti esa, Trampning fikricha, bundan faqat yutmoqda. XXR va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi oktyabr oyi boshlariga mo‘ljallangan.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!