Xitoy futboli korrupsiya botqog‘iga botganii aytilmoqda

Xitoy futboli korrupsiya botqog‘iga botganii aytilmoqda

Xitoyda poraxo‘rlik aybi bilan yana bir sobiq futbol amaldori qamoqqa tashlandi.

Xitoy futbol assosiasiyasi sobiq vise-prezidenti Li Yuyi pora va sovg‘alar olgani uchun 11 yilga qamaldi. Bu mamlakatdagi o‘nga yaqin futbol amaldorlari ustidan olib borilayotgan tergovning bir qismi.

Xitoy sudi Xitoy futbol assosiasiyasining sobiq vise-prezidentini ilimoslar evaziga pora yoki sovg‘a olganlikda ayblab, 11 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda dushanba kuni Sinxua davlat axborot agentligi.

Prokurorlar Li Yuyini 2004 yildan 2021 yilgacha Xitoy futbol assosiasiyasi va Xitoy futbol assosiasiyasi Superliga kompaniyasida ilgari egallab turgan lavozimini suiiste’mol qilganlikda ayblagan edi.

Sud, shuningdek, Lini 1 million yuan miqdorida jarimaga tortdi. Tergov xulosasiga ko‘ra, u turli masalalar bo‘yicha ko‘rsatilgan yordam evaziga 1,69 million dollardan ortiq pul va qimmatbaho buyumlar olgan.

Mart oyida Sinxua agentligi o‘zining yakuniy bayonotida aytishicha, Li o‘z aybiga iqror bo‘lgan va pushaymonligini bildirgan.

Futboldagi korrupsiyaviy holatlar seriyasi

Lining ishi bo‘yicha sud hukmi 2022 yil oxiridan beri o‘ndan ortiq yuqori darajadagi futbol amaldorlariga nisbatan bir qator tekshiruvlardan so‘ng chiqdi.

Xitoy futboli uzoq vaqtdan beri korrupsiya bilan o‘ralgan. Xitoyda futbol ommalashib borayotgan bir paytda milliy terma jamoaning yomon o‘yinlarini davom ettirgani jamoatchilikning kamchiliklarga e’tiborini kuchaytirdi. Ba’zi muxlislar Xitoyning sifatsiz o‘yinini ichki chempionatdagi korrupsiyada deb biladi.

Liga qadar xuddi shu futbol assosiasiyasining ikki sobiq rahbari pora olishda ayblanib, 2012 yilda 10 yarim yilga qamoqqa tashlangan edi.

Joriy yilning mart oyida Xitoy futbol assosiasiyasining sobiq rahbari 10 million dollardan ortiq pora olganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi va bu mamlakatdagi eng yirik korrupsion mojarolardan biri bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!