Armaniston Qorabog‘dan voz kechadi

Armaniston Qorabog‘dan voz kechadi

Armaniston Milliy Assambleyasi raisi Alen Simonyan parlamentning navbatdagi yig‘ilishida Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan bir qator muhim bayonotlar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qorabog‘da endi arman ma’muriyati va hokimiyati yo‘q, «Tog‘li Qorabog‘ prezidenti» atamasi qonunga ziddir.

Simonyan, shuningdek, Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida «Tog‘li Qorabog‘ parlamenti» va vakolatli amaldorlar yo‘qligini ta’kidladi.

Armaniston parlamenti spikeri «Armaniston-Artsax (Qorabog‘) parlamentlararo komissiyasi»ni tugatish zarurligini, chunki u o‘z funksiyasini yo‘qotganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!