Peskov AQShga murojaat qildi: "Putin familiyasini tinch qo‘yinglar!"

Peskov AQShga murojaat qildi: "Putin familiyasini tinch qo‘yinglar!"

Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomi AQShda ichki siyosiy kurashda vosita sifatida foydalanilayotganidan noroziligini bildirdi. Bu haqda Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Kreml vakili AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Xarris va Donald Tramp o‘rtasidagi debatga izoh berdi.

«Putin familiyasi, ta’bir joiz bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlarning ichki siyosiy kurashidagi qurollardan biri sifatida qo‘llanilmoqda, bu bizga rostdan ham yoqmaydi», dedi u.

Peskov, shuningdek, vaqt farqi tufayli Kreml real vaqtda munozarani kuzata olmaganini, biroq ular berilgan bayonotlar bilan tanishganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!