Polisiya Malayziyadagi ijtimoiy uylardan 402 nafar bolani zo‘ravonlikdan qutqardi

Polisiya Malayziyadagi ijtimoiy uylardan 402 nafar bolani zo‘ravonlikdan qutqardi

Malayziya hukumati bolalar ekspluatasiya qilingan va jinsiy zo‘ravonlikka uchragan islomiy biznes guruhiga aloqador 20 ta ijtimoiy uyga reyd uyushtirganidan so‘ng 402 bolani qutqarib, 171 kishini hibsga oldi. Bu haqda CNN mamlakat milliy polisiyasi boshlig‘iga tayanib yozmoqda.

Polisiya bosh inspektori Razarudin Husaynning aytishicha, reydlar Global Ikhwan Services and Business Holdings tomonidan boshqariladigan uylarda noan’anaviy ta’lim va jinsiy zo‘ravonlik haqidagi da’volar ortidan o‘tkazilgan.

Natijada milisiya xodimlari 1 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 201 nafar o‘g‘il va 201 nafar qizni bunday muassasalardan olib tashladi. Bu uylar Selangor va Negeri Sembilan shtatlarida joylashgan edi.

Hibsga olinganlar orasida 66 erkak va 105 ayol bo‘lib, ularning aksariyati diniy o‘qituvchilardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!