Xitoy aholisi 1 milliardgacha kamayishi mumkin

Xitoy aholisi 1 milliardgacha kamayishi mumkin

Hindistonda bugungi kunda 1,442 milliard aholi mavjud. Bu - dunyodagi eng ko‘p aholiga ega mamlakat. 2011 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda 1,21 milliard kishi ro‘yxatga olingan.

Ikkinchi o‘rinda 1,425 milliard aholiga ega Xitoy joylashgan. TASS agentligining ma’lum qilishicha, bu ma’lumot BMT Aholishunoslik jamg‘armasi hisobotida keltirilgan.

Ushbu jamg‘arma Hindiston aholisining o‘sishini mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi va onalar o‘limining kamayishi bilan bog‘laydi.

Hozirda Hindiston aholisining 26 foizini 10-24 yoshdagi yoshlar tashkil etadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoy aholisi 2022 yilda 1,426 milliard kishiga yetadi va kamayishni boshlaydi.

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, Xitoy aholisi joriy asr oxiriga kelib 1 milliarddan ham kamayishi mumkin. Aksincha, Hindiston aholisi keyingi bir necha o‘n yilliklarda o‘sishda davom etishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!