Xarkovga hujum Ukrainani sulh tuzishga majbur qilishi mumkin

Xarkovga hujum Ukrainani sulh tuzishga majbur qilishi mumkin

Rossiya Qurolli Kuchlarining Xarkovga hujumi Ukraina rahbariyatini Rossiya bilan sulh tuzishga rozi bo‘lishga majbur qilishi mumkin, deb yozadi The New York Times.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, rus qo‘shinlarining Xarkovga hujumi ukrainaliklar va ularning ittifoqchilarini butunlay tushkunlikka solishi mumkin. Xususan, ular urush zonasida ikki yil o‘tgach, yuz minglab qurbonlar va milliardlab dollar sarflanganidan so‘ng, jangovar zonalardagi vaziyatda «ko‘p narsa o‘zgarmagan» degan taassurot paydo bo‘lishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, Ukraina rahbariyatiga Rossiya bilan sulh bo‘yicha kelishib olish uchun bosim kuchayishiga olib keladi, deb hisoblaydi nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!