Xalq ta’limi bo‘limi mudiri hokimning buyrug‘iga bo‘ysunmadi

Xalq ta’limi bo‘limi mudiri hokimning buyrug‘iga bo‘ysunmadi

Namangan viloyatining Uychi tumanida xalq ta’limi xodimlarining paxta terimiga jalb etish holati oldi olindi.

Uychi tumani hokimi xalq ta’limi bo‘limi mudiridan Toshkent viloyatiga bir nafardan maktablarning mavsumiy ishchilarini paxta terimiga yuborishni talab qilgan.

Shunda hokim tumanning barcha maktab direktorlarini to‘plab berishni va ular bilan suhbatlashishini aytgan. Maktab direktorlari bilan uchrashuv davomida tuman hokimi paxta terimiga bir nafardan xodim ta’minlab berish yuzasidan topshiriq bergan.

Uychi tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri SH.Murodov maktab rahbarlariga hokim topshirig‘ini bajarmaslik yuzasidan topshiriq berib, xalq ta’limi xodimlarini paxta terimi jarayoniga jalb etish holatini oldini olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 iyul kuni o‘tkazilgan umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda o‘qituvchilarning turli nazorat organlari tomonidan tekshiruvini cheklash, obodonlashtirish ishlariga o‘qituvchilarni jalb qilish, turli yig‘ilishlarda ishtirok etish, obuna kampaniyasi va o‘zlarining vakolatlari doirasida bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb qilishni taqiqlash zarurligi ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!