Virus yuqtirgan bemorga qo‘l ko‘targan erkak koronavirusga chalinib vafot etdi

Virus yuqtirgan bemorga qo‘l ko‘targan erkak koronavirusga chalinib vafot etdi

AQShning Michigan shtatidagi Detroyt shahrida avtobus haydovchisi yo‘talayotgan yo‘lovchini urib yuborgan. Keyin ijtimoiy tarmoqda g‘azablangan videoni joylashtirgandi. Buni qarangki, oradan ko‘p o‘tmay, o‘zi ham koronavirus infeksiyasining yangi turiga chalinib, vafot etdi.

21 mart kuni 50 yoshli avtobus haydovchisi Jeyson Xargrove feysbuda video joylashtirdi va unda yo‘lovchining qayta-qayta, hech narsasiz bemalol yo‘talayotgani haqida shikoyat qilgan. Haydovchi ba’zi yo‘lovchilar avtobusga o‘tirib, og‘izlarini yopmasdan yo‘talayotganlaridan shikoyat qildi va ularni atrofdagilarning salomatligiga beparvolikda aybladi.

2 aprel, payshanba kuni esa mahalliy haydovchilar ittifoqi rahbari Glenn Tolbert Xargrove koronavirus infeksiyasining yangi turidan vafot etganini xabar qildi. Video joylashtirilganidan to‘rt kun o‘tgach, erkak kasallikka chalingan ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!