Video: Toshkent aeroportida xodim yo‘lovchining pullarini o‘g‘irladi

Video: Toshkent aeroportida xodim yo‘lovchining pullarini o‘g‘irladi

Kuni kecha Toshkent aeroportida yo‘lovchining chamadonidan 250 ming so‘m pul o‘g‘irlandi. Bu haqda Sevimli TV telekanalining Zamon dasturida aytib o‘tildi.
 
Dasturda aytilishicha, pulni aeroport xodimi o‘g‘irlagan.


 
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi tergovchisi Maqsuda Kamolovaning aytishicha, 2018 yilning 19 avgust kuni Islom Karimov xalqaro aeroporti Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘iga ariza kelib tushgan. Arizaga ko‘ra, fuqaro A. 2018 yil 18 avgust kuni Toshkent - Buxoro aviareysi bilan Buxoro xalqaro aeroportiga borganligini, yuklarni qabul qilganida yuklar ichida 250 ming so‘m pullarning mavjud bo‘lmaganligini va bu holat yuzasidan ularni topishda amaliy yordam ko‘rsatishlikni so‘rab ariza yozgan.
 
Mazkur holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida 250 ming so‘m miqdordagi pullar Toshkent xalqaro aeroporti 3-terminal texnik xodimi S. Tomonidan yashirin ravishda talon-toroj qilinganligi, ya’ni o‘g‘irlanganligi aniqlangan.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!