Vengriya Ukrainadagi vaziyat tufayli favqulodda holat e’lon qildi

Vengriya Ukrainadagi vaziyat tufayli favqulodda holat e’lon qildi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban hukumat chorshanba kuni Ukrainadagi vaziyat fonida favqulodda holat joriy etishini va birinchi chora-tadbirlar haqida hisobot berishini aytdi.

"Hukumat konstitusiyaga muvofiq, bugun yarim tundan boshlab harbiy favqulodda holat e’lon qilish huquqidan foydalanmoqda. Epidemiya (koronavirus) davrida e’lon qilingan favqulodda holat kabi, bu hukumatga Vengriyani darhol javob berish va himoya qilish imkonini beradi va Venger oilalari barcha imkoniyatlarga ega” - dedi Orban.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, favqulodda holat qo‘shni Ukrainadagi vaziyat fonida joriy etilmoqda, bu esa Vengriyaning “jismoniy xavfsizligi, energiya ta’minoti hamda iqtisodiyoti va oilalarining moliyaviy xavfsizligiga xavf tug‘diradi”.

"Ertaga men sizni birinchi qarorlarimiz haqida xabardor qilaman" - deb qo‘shimcha qildi Orban.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!