Vakolat suiiste’mol qilinganda...

Vakolat suiiste’mol qilinganda...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimlari tomonidan mavjud ma’lumotlar asosida tijorat banklarida tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ahvoli o‘rganilganda “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat bankining Toshkent viloyatidagi 17 ta hududiy filiallarida 1700 dan ortiq holatda soliq organlari tomonidan 10 kun muddatga hisob raqamlari harakati cheklab qo‘yilgan tadbirkorlik sub’ektlarining hisob raqamlarini belgilangan muddat tugagandan so‘ng cheklovni bekor qilish choralarini ko‘rmaganliklari aniqlangan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘ziga yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarmaganligi va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlariga zid ravishda qilgan harakatlari (harakatsizligi) uchun tijorat banklarinining barcha mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

Biznes Vakil devoni matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!