Vagonlarga nimalar yashirilgandi?

Vagonlarga nimalar yashirilgandi?

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan yurtimizga kelgan poyezd yo‘lovchilarining yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazdi. Fuqaro M.S. 9,1 million so‘mlik 54 dona biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovar-moddiy boyliklarni vagonning xufiya joylariga yashirib kelayotganligi aniqlandi, deydi "kar24.uz".

Mazkur poyezdning yana bir fuqarosi U.P.ning qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida 10,7 million so‘mlik 22 juft oyoq kiyim va 17 dona paltolarni vagon o‘rindiqlari ostiga yashirib olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha bojxona organlari surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!