Vagon kuzatuvchisi firibgarlik qilganligi uchun sudlandi

Vagon kuzatuvchisi firibgarlik qilganligi uchun sudlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi sudyasi A.Qahharovning raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan V.N.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Xususan, V.N. 2018 yil 8 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 19:59 da Rossiya Federasiyasi Volgograd viloyati markaziy temir yo‘l bekatidan 323-sonli Volgograd-Urganch-Toshkent xalqaro yo‘lovchi poyezdining 11-vagonida o‘zining xizmat xonasida o‘z yurtlariga yo‘l chiptasi bilan qonuniy tartibda kelayotgan fuqarolarga xizmat vazifasiga
kirmasa-da, davlatlar chegarasidan eson-omon olib o‘tishini, yo‘l davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xil ko‘ngilsiz hodisalardan saqlashini, Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasi xodimlariga pul berib vagondagi yo‘lovchilarning yuklarini tekshirtirmasligini aytib, aldab, ishonchiga kirib, ularning ishonchini suiiste’mol qilib, yo‘lovchilardan 3.100 Rossiya rubli va 3.000 qozoq tangasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Sud hukmi bilan V.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi b bandi (fribgarlik) bilan qilmishiga yarasha qonuniy jazo tayinlandi.
Qonunlarimizda sodir qilingan jinoyat uchun jazo muqarrarligi qat’iy belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!