O‘zbekistonga cho‘chqaga o‘xshash gibrid qo‘y kirib kelgani rostmi?

O‘zbekistonga cho‘chqaga o‘xshash gibrid qo‘y kirib kelgani rostmi?

Ayni paytda ijtimoiy tarmoq orqali yurtimizga Turkiyadan keltirilgan qo‘ylar kirib kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Unda ushbu qo‘ylar cho‘chqa bilan chatishtirilgani iddao qilingan.

Musulmonlar idorasi Fatvo markazi tarqatilgan shu kabi xabarlarga munosabat berdi.

Unda aytilishi, tarqatilgan videoda “Belteks” qo‘y zoti ko‘rsatilgan.

Hozirgi kunda dunyoda qo‘ylarning 1000 dan ortiq zoti mavjud. Belteks qo‘y turi ham xuddi mana shunday oddiy qo‘y zoti. Bu qo‘yning cho‘chqaga hech qanday aloqasi yo‘q.

Farazan ushbu qo‘ylar boshqa hayvonlar bilan chatishtirilgan bo‘lsa ham ulardan tug‘ilgan qo‘zilar shar’an go‘shti halol hisoblanadi. Bu haqda fuqaholarimiz shunday deyishgan:
"Chatishtirilgan hayvonlar borasidagi umumiy qoida shuki, onasining zoti e’tiborga olinadi. Buni fuqaholar ko‘p o‘rinda ochiq aytganlar" ("Raddul muhtor" kitobi).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!