O‘zbekistondan 5 ming dollardan ko‘p bo‘lgan zargarlik buyumlarini olib chiqib ketishga ruxsat etildi

O‘zbekistondan 5 ming dollardan ko‘p bo‘lgan zargarlik buyumlarini olib chiqib ketishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmon bilan 2019 yil 1 iyuldan:

- zargarlik bo‘yicha lisenziyasi bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘zi ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga asillik darajasi izlarini qo‘yish huquqi berildi;

- zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi lisenziyaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini mustaqil sotishi, aholidan qimmatbaho metallar parchalari, qimmatbaho toshlar va buyumlarni sotib olish huquqiga ega;

- davlat ulushi bo‘lmagan yoki davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan tadbirkorlar ishlab chiqarishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobini yuritish va saqlash tartibini mustaqil belgilaydi;

- jismoniy shaxslar qiymati 5 ming dollardan ko‘p bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklarasiya to‘ldirgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishi mumkin;

- zargarlik sohasidagi tadbirkorlar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga ixtiyoriy a’zo bo‘lsa, uyushma a’zolarining imtiyoz va preferensiyalari ularga ham tatbiq etiladi.

2019 yil 1 iyundan qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensasiya qilish orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi.

Farmon bilan, tijorat banklari va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga quyidagi huquqlar berildi:

- “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJdan qimmatbaho metallarni o‘lchov plastinalari ko‘rinishida, 5 gramm va undan ortiq bo‘lgan granulalarni London qimmatbaho metallar birjasining tongi fiksingi asosida sotib olish;

- sotib olingan metallarni boshqa zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga sotish.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!