O‘zbekistonda yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 725 mlrd so‘mlik aliment mablag‘lari undirildi

O‘zbekistonda yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 725 mlrd so‘mlik aliment mablag‘lari undirildi

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan davrida yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 725 mlrd so‘mlik aliment mablag‘lari undirildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, byuro organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrda sudlar va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash hamda faoliyat samaradorligini yanada yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 725 milliard so‘mlik aliment mablag‘lari undirildi. Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 364 nafar shaxs ishga tiklandi, to‘lanmagan 21 milliard so‘mlik ish haqi undirildi.

Hokimliklardan kompensasiya mablag‘lari bilan bog‘liq 300 dan ortiq ijro ishlari bo‘yicha 155 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar undirilib, fuqarolar manfaatlari himoya qilindi. Davlat ijrochisi aralashuvisiz 830 mingdan ortiq avtotransport vositalariga qidiruv e’lon qilinib, 452 milliard so‘mlik qarzdorlik undirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!