O‘zbekistonda “yashil” energetika rivojlantirilmoqda

O‘zbekistonda “yashil” energetika rivojlantirilmoqda

O‘zbekistonda muqobil elektr energiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Zomin tumanida shamol elektr stansiyasi qurilmalari o‘rnatilayotgan jarayon videoga muhrlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu elektr stansiyasi ekologik nuqtai nazardan barcha talablarga javob beradi.

Qayd etish joizki, shamol elektr stansiyalari atmosferaga zararli tashlamalar chiqarmaydi hamda qayta tiklanuvchi elektr manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, u ekotizim va bioxilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda shamol elektr energiyasini rivojlantirish orqali ortiqcha suv resurslaridan foydalanishning oldi olinadi.

Ahamiyatli jihatlaridan yana biri, shamol elektr stansiyasi aholini hamyonbop elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!