O‘zbekistonda koronavirusning faqat tomoq og‘rig‘i bilan kechadigan yangi shtammi tarqalgani rostmi?

O‘zbekistonda koronavirusning faqat tomoq og‘rig‘i bilan kechadigan yangi shtammi tarqalgani rostmi?

AOKAda 7 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov «Bugun.uz» muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekistonda koronavirusning faqat tomoq og‘rig‘i bilan kechadigan yangi shtammi tarqalgani haqidagi xabarga izoh berdi.

Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, kuz-qish va bahor davri gripp, potogripp, adenavirus, rinavirus respirator kasalliklar viruslarining tarqaladigan payti hisoblanadi.

«Bu biz uchun yangilik emas. Koronavirusga ro‘baro‘ kelganimizga 1 yildan oshgan bo‘lsa, gripp va respirator kasalliklar bilan anchadan beri tanishmiz. Tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, tana haroratining ko‘tarilishi bilan kechadigan kasalliklar doim uchrab turgan. Bu kabi klinik belgilar bo‘lgan vaqtda bundan fojia yasash kerak emas.

Kuchli tomoq og‘rigi koronavirus sindromi emas. Faqat hammamiz to‘g‘ri anglab yetishimiz kerak. Shu nafas yo‘llarida yallig‘lanish jarayonlari kechayotgan vaqtda: yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda infeksiya havo tomchilari yo‘li bilan boshqa odamga yuqishi mumkin. Yuqumli ekanini hisobga olib, biz buni koronavirus deb aytolmaymiz», — dedi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, doka niqobda ijtimoiy masofani saqlagan holda hayot tarzini davom ettirgan odam o‘zini himoya qila oladi. Qachonki gripp yoki koronavirus sindromi bo‘lganda, doka niqobda yurish boshqalarni ham himoya qilishga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!