O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiy buyumlar va dori vositalari Kuvaytga eksport qilinishi mumkin

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiy buyumlar va dori vositalari Kuvaytga eksport qilinishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Farmasevtika importyorlari va dorixonalar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi, "Al Mojil Drug Company" kompaniyasi bosh direktori Faysal al-Mojil bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida O‘zbekistonda savdo-iqtisodiy va tibbiyot sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, xorijiy investorlar va importyorlar uchun yaratilgan biznes-qulayliklar haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiy buyumlar va dori vositalarining Kuvaytga eksportini tashkil qilish imkoniyatlari xususida fikr almashdilar. Kuvayt vakiliga Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan namunalar taqdim etildi.

Taqdim etilgan loyihalar bo‘yicha fikr almashish maqsadida Kuvayt Farmasevtika importyorlari va dorixonalari uyushmasi va O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etish taklifi ham berildi.

Faysal al-Mojil O‘zbekistonga 1999 yil borganini, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilganini ma’lum qildi. Shuningdek, u so‘nggi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’atini va erishilayotgan yuksak natijalarni yuqori baholadi.

"Biz o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonning mutasaddi vazirlik va kompaniyalari bilan muzokara o‘tkazishga tayyormiz", - dedi Faysal al-Mojil.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!