O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oshiriladi

O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oshiriladi

Aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish, shuningdek, mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlar ish haqi miqdorini jadal ravishda oshirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. Bu haqda Uza.uz xabar berdi.

Mazkur farmonga ko‘ra 2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi va O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi — oyiga 202 730 so‘m;

yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 so‘m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 243 300 so‘m miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffisiyentlarini o‘rtacha 10 foizga, shu jumladan, 1-razryad bo‘yicha 15 foizga, 2-razryad bo‘yicha 10 foizga va 3-razryad bo‘yicha 5 foizga oshirish orqali mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlarning ish haqi miqdorining jadal ravishda oshirilishini ko‘zda tutgan holda 2019 yil 1 yanvardan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini qayta ko‘rib chiqish topshirilgan.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!