O‘zbekistonda hafta oxirida qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta oxirida qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin soviydi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

19-20 yanvarda respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yomg‘ir qorga aylanadi.

21 yanvarda respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

22 yanvarda ob-havo keskin o‘zgara boshlaydi. Respublika bo‘yicha qor yog‘adi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

23 yanvarda havo juda sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!