O‘zbekistonda 8 oydan buyon oltin eksporti to‘xtagan

O‘zbekistonda 8 oydan buyon oltin eksporti to‘xtagan

Iqtisodiy o‘sish sharoitida O‘zbekistonning yirik va kichik biznes korxonalari tobora ko‘payib bormoqda. Oltin eksporti esa oxirgi 8 oydan buyon to‘xtagan deya xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi sharhiga ko‘ra, eksport tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega sanoat mahsulotlarining ulushi sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Har yili ko‘plab xalqaro shartnomalar tuziladi, nafaqat tovarlar, balki uskunalar ham sotib olinadi, nafaqat xom ashyo, balki o‘zimiz ishlab chiqaradigan mahsulotlar ham eksport predmetiga aylanadi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil yanvar-aprel oylarida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 10 322,4 million dollarga yetdi va shu bilan 2020 yilning shu davriga nisbatan 378,8 million dollarga (3,5 foiz) kamaydi.

O‘zbekiston oltinni qayerga eksport qilmoqda?

Shunisi e’tiborga loyiqki, ko‘rib chiqilayotgan davrda Turkiya ($ 528,2 mln.) Rossiya Federasiyasidan (494,8 million dollar) ortda qoldi va O‘zbekistonning eksport sheriklari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Xitoy, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan birgalikda ushbu mamlakatlar umumiy eksport hajmining 73,4 foizini egallaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!